Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

AQSh mudofaa sanoati volframga qanchalik bog‘liq?

AQSh mudofaa sanoati volframga qanchalik bog‘liq?

Eronga qarshi urush AQSh mudofaa sanoati volframga qanchalik bog‘liq ekanini ko‘rsatdi, ushbu metall bozorini esa Xitoy nazorat qiladi, deb yozmoqda Foreign Policy

Nashrning yozishicha, Yaqin Sharqdagi mojaro to‘xtamayotgan bir paytda, tahlilchilar o‘q-dorilar zahiralari tez orada tugashidan ogohlantirmoqda. Volframsiz esa ularni tez fursatda to‘ldirish yoki osonlik bilan almashtirishning iloji yo‘q. Bundan tashqari, mojaro boshlanganidan beri ushbu metall narxi 500 foizdan ko‘proqqa ko‘tarilib ketdi.

"Biz hozirda ta’minot zanjirida volfram yetishmayotganini ko‘ryapmiz va yaqin kelajakda bu taqchillik qanday to‘ldirilishini hech kim aniq bilmaydi", — dedi Amerikaning Cove Capital investisiya kompaniyasi boshqaruvchisi Pini Altxaus.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Cove Capital Qozog‘istonda volfram qazib olish va qayta ishlash zavodini qurishni rejalashtirmoqda.

Dunyo volfram bozorini Xitoy nazorat qiladi, u metall ishlab chiqarish, import va iste’mol qilishda ustunlikka ega, AQSh esa ko‘proq qayta ishlash va import bilan shug‘ullanib, undan orqada qolyapti.

Qo‘shma Shtatlarda volframni tijoriy maqsadda qazib olish oxirgi marta o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin amalga oshirilgan. Vashington strategik metallarni to‘plab bormoqda, biroq ushbu zahiralarning aniq miqdori sir saqlanadi.

Kiritildi: Bugun 18:52. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!