AQSh Moliya vazirligi Vashington tomonidan kiritilgan sanksiyalarga qaramay, "Lukoyl" bilan uning xorijiy aktivlari bilan bog‘liq ayrim operasiyalarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi lisenziyani uzaytirdi.
Bu haqda departament saytidagi ma’lumotlarda aytilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, "Lukoyl" kompaniyasining Rossiyadan tashqaridagi ob’ektlarida tovar va xizmatlar sotib olish bilan bog‘liq operasiyalar 2026 yil 29 aprelgacha ruxsat etilgan. Bu lisenziya avvalroq 13 dekabrgacha uzaytirilgan edi.
Oktyabr oyida AQSh Moliya vazirligi "Lukoyl" va "Rosneft"ni, shuningdek, ushbu neft kompaniyalarining 34 ta sho‘’ba korxonalarini AQShning yangi sanksiyalar paketiga kiritgandi.