Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh maxsus vakili: Kelgusi hafta Yevropadagi Eron vakillari bilan uchrashamiz

AQSh maxsus vakili: Kelgusi hafta Yevropadagi Eron vakillari bilan uchrashamiz

AQSh va Eron vakillari kelasi hafta Yevropada uchrashadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff ABC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi .

Uning fikricha, AQShning Eron bilan muzokaralarda o‘z maqsadlariga erishish yo‘llari ko‘p.

"Biz shu hafta Evropada uchrashuv o‘tkazamiz deb o‘ylaymiz. Umid qilamizki, bu ijobiy (natija) olib keladi", - dedi Uitkoff.

U, shuningdek, Vashingtonning Tehronning uran boyitish bo‘yicha prinsipial pozisiyasini bildirdi: "Bizda juda aniq qizil chiziq bor, ya’ni uranni boyitish. Biz (Eronning) boyitish quvvatining 1 foiziga ham ruxsat bera olmaymiz. Hamma narsa bizning prinsipial pozisiyamizdan boshlanadi, bu boyitish imkoniyatini o‘z ichiga olmaydi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz, chunki boyitish yadro qurolini yaratishga imkon beradi”.

Kiritildi: 23:08 18.05.2025. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!