AQSh Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl Donald Trampga suiqasd uyushtirilganidan keyin iste’foga chiqdi.
Avvalroq Chitl saylovoldi mitingi chog‘ida Donald Trampga suiqasd uyushtirishga imkon bergan xavfsizlik choralarining yetarli emasligi Maxfiy xizmatning so‘nggi o‘n yilliklardagi "eng jiddiy muvaffaqiyatsizligi" ekanligini tan olgan edi.
"Biz muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Maxfiy xizmat direktori sifatida men har qanday xavfsizlik buzilishi uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman", — deya o‘z iste’fosiga izoh berdi Chitl.