Stiv Uitkoff Isroil va HAMASga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yangilangan taklifni yetkazdi va tomonlarni uni qabul qilishga chaqirdi, deb yozadi Axios.
Trampning maxsus vakili rejasi bo‘yicha muzokaralar Dohada emas, balki ilgari garovga olingan isroillik-amerikalik Eden Aleksandrni ozod qilishga yordam bergan falastinlik-amerikalik biznesmen Bishara Baxbax ishtirokidagi maxfiy kanal orqali olib borilmoqda.
Uitkoff Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, uning maslahatchisi Ron Dermer va HAMAS yetakchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilgan, biroq tomonlarning pozisiyalari qat’iyligicha qolmoqda, deya ta’kidlaydi portal.