AQSh ma’muriyati Isroilning Beyrutga havo hujumlariga qarshi.
Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Vedant Patel jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qilgan.
Undan chorshanba kuni 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Isroil havo hujumidan Vashington xavotirdami, deb so‘ralgan.
"Albatta, biz Beyrutda, ayniqsa aholi zich joylashgan hududlarda bunday muntazam operasiyalarni ko‘rishni istamasligimizni bizdan ko‘p marta eshitgansiz. Bu Isroildagi hamkorlarimiz bilan aloqalarimizda bundan keyin ham alohida e’tibor qaratadigan narsa", - deya javob berdi diplomat.