Kecha AQSh Kongressi Vakillar palatasi ovoz berish natijasiga ko‘ra, tashkilotning Isroil rahbariyatiga qarshi harakati uchun Xalqaro jinoiy sud (XJS)ga sanksiya qo‘yish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.
Ushbu ma’lumotni palataning Xalqaro aloqalar qo‘mitasi tasdiqladi.
Qonun loyihasi Amerika fuqarolari yoki ittifoqchi davlatlar, jumladan Isroil, shuningdek Yaponiya, NATO a’zolari, Vashingtonning alyansdan tashqari boshqa hamkorlari va Tayvanni tergov qilgan, hibsga olgan yoki jinoiy javobgarlikka tortgan har qanday shaxsga nisbatan sanksiya qo‘llash imkonini beradi.
– Qonunan joriy etilgan sanksiyaga ko‘ra, XJS rasmiylari va ularning yaqin oila a’zolari uchun AQShga kirish vizasi rad etiladi, – deyilgan bayonotda. – Tuzilmaning mamlakatdagi xodimlari mavjud vizasi bekor qilinadi va ular deportasiya qilinadi.
XJS noyabr oyi oxirida Netanyaxu va Isroilning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatda ayblab, hibsga olish uchun order bergan.