Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh kateri Kuba suvlariga kirib otishma uyushtirdi

AQSh kateri Kuba suvlariga kirib otishma uyushtirdi

Bu haqda Kuba Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

"Voqea 25 fevral kuni Vilya-Klara viloyatidagi El-Pino kanali yaqinida sodir bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlarning Florida shtati raqamiga ega kater tegishli qoidalarni buzib, Kubaning hududiy suvlariga kirib keldi.

Kuba chegarachilari katerga yaqinlashganda, amerikaliklar ekipaji ularga qarata o‘q uzishni boshladi. To‘qnashuv natijasida AQSh kateridagi to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana oltita kishi yaralandi. Shuningdek, Kuba kemasining komandiri ham jarohat oldi", deyiladi Kuba IIV bayonotida.

Floridada ro‘yxatga olingan katerda 10 nafar qurollangan shaxs bo‘lgan, ular “terrorchilik” maqsadida Kubaga kirishni rejalashtirgan deya qo‘shimcha qildi Kuba IIV.

Kuba rasmiylari, shuningdek, katerdagi yo‘lovchilar Qo‘shma Shtatlarda yashovchi kubaliklar ekanini ma’lum qildi.

Otishma Kuba va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda yuz berdi.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!