Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilari Hormuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Bu haqda AQSh tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda ta’kidlangan.
Bayonotda aytilishicha, ittifoqchilar bo‘g‘ozdan xavfsiz o‘tishni ta’minlash bo‘yicha zarur choralarga hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirgan va bu boradagi tayyorgarlik ishlarini olqishlashgan.
Qo‘shma bayonot Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Yaponiya tomonidan e’lon qilindi. Shuningdek, davlatlar mintaqadagi mojaroning avj olishidan chuqur xavotir bildirib, Eronni bo‘g‘ozni tijorat kemalari uchun to‘sib qo‘yishga urinishini darhol to‘xtatishga chaqirdi.