AQSh Isroilning G‘azodagi harbiy jinoyatlarni tergov qilish hamda AQSh va Isroil fuqarolarini javobgarlikka tortish harakatlarida ishtirok etgan XJS ning to‘rt nafar sudyasiga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.
Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, ro‘yxatga Uganda, Peru, Benin va Sloveniya sudyalari kiritilgan. U XJSni "noqonuniy harakatlarda" aybladi va AQSh hamda uning ittifoqchilarini himoya qilishga va’da berdi.