Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Isroil manfaatlarini himoya qilish uchun BMTga bosim o‘tkazmoqda

AQSh Isroil manfaatlarini himoya qilish uchun BMTga bosim o‘tkazmoqda

BMT okkupasiya qilingan Falastin hududlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalarga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi. AQSh esa bu ayblovlarni rad etib, tashkilotga tahdid qildi.

BMTning Falastin okkupasiya qilingan hududlarda inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albaneze tayyorlagan yangi hisobotida yirik korporasiyalarni Isroil bilan hamkorlikni to‘xtatishga chaqirdi. U bu kompaniyalar rahbarlarini «noqonuniy okkupasiya, aparteid va genosid»ga ko‘mak berishda aybladi. AQSh esa bu hisobotni «haqoratomuz» deb atadi va Albanezening iste’fosini talab qildi.

Albanezening 24 betlik hisobotida Google, Amazon, Microsoft, Palantir kabi 60 dan ortiq kompaniya nomma-nom tilga olingan. Ularning mahsulotlari va xizmatlari Isroil harbiy mashinasini qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etayotgani qayd etilgan. Dokladda Isroilning G‘azoga qarshi zulmi 2023 yil oktyabridan buyon 56,5 mingdan ortiq falastinlikning hayotiga zomin bo‘lgani, shu bilan birga Tel Aviv birjasi 179 foizga o‘sgani va bozor qiymati 157,9 mlrd dollarga ko‘tarilgani ta’kidlangan.

Albaneze hisobotda okkupasiya qilingan hududlarni «harbiy sanoat va texnologiya gigantlari uchun sinov maydoni» deb atadi. Elbit Systems, Lockheed Martin kabi qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, Microsoft Azure, Google, Palantir kabi platforma va xizmatlar repressiyalarni avtomatlashtirishda ishtirok etayotgani qayd etildi.

Vashington hisobotni keskin tanqid qilib, buni «Amerikaning va global iqtisodiyotning siyosiy va iqtisodiy urushini qo‘zg‘atish», deya baholadi. AQSh BMT Bosh kotibi Antoniu Guterreshdan Albanezeni qoralashni va uni iste’foga chiqarishni talab qildi. Aks holda «keskin choralar ko‘rilishini» ma’lum qildi.

Albaneze esa Isroilga nisbatan qurol-yarog‘ embargosi va kompaniyalar ustidan jinoiy javobgarlik tekshiruvlari o‘tkazishga chaqirdi. Bu chaqiriqlar Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga qarshi chiqarilgan Xalqaro jinoyat sudi orderlari va BMT Xalqaro sudidagi genosid ishi fonida yangrayotir.

Kiritildi: 16:21 03.07.2025. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!