Amerika fond indekslari zaif iqtisodiy ma’lumotlar e’lon qilinganidan so‘ng sezilarli darajada pasaydi. AQSh Savdo vazirligining dastlabki baholashiga ko‘ra, birinchi chorakda mamlakat yalpi ichki mahsuloti yillik hisobda 0,3 foizga qisqardi - bu so‘nggi uch yildagi birinchi pasayish hisoblanadi. Mutaxassislar 0,3-0,4 foizlik o‘sishni kutishgan edi.
Yalpi ichki mahsulotning uchdan ikki qismini tashkil etuvchi iste’mol xarajatlari o‘tgan chorakdagi 4 foizdan keyin atigi 1,8 foizga ko‘tarildi. Davlat xarajatlari 5,1 foizga kamaydi - bu uch yil ichidagi eng yuqori pasayish ko‘rsatkichidir. Asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar 7,8 foizga o‘sdi, import esa 41,3 foizga oshib, eksport o‘sishidan (1,8 foiz) o‘zib ketdi.
Inflyasion bosim kuchaydi: PCE iste’mol narxlari indeksi 3,6 foizga, PCE Core asosiy indeksi esa 3,5 foizga ko‘tarildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika iqtisodiyoti muammolarida yana Jo Baydenni aybladi. Bunga AQSh iqtisodining 2025-yilning birinchi choragida import o‘sishi tufayli 0,3 foizga qisqarganini ko‘rsatadigan yaqinda YAIM hisoboti sabab bo‘ldi.