Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Immigrasiya xizmati Minneapolisda 37 yoshli ayolni otib o‘ldirganidan keyin mamlakat bo‘ylab noroziliklar avj oldi — OAV

AQSh Immigrasiya xizmati Minneapolisda 37 yoshli ayolni otib o‘ldirganidan keyin mamlakat bo‘ylab noroziliklar avj oldi — OAV

AQSh Immigrasiya xizmati Minneapolisda 37 yoshli ayolni otib o‘ldirganidan keyin mamlakat bo‘ylab noroziliklar avj oldi — OAV.

AQShning immigrasiya va bojxona xizmati (ICE) xodimi Minneapolisda o‘tkazilgan reyd vaqtida 37 yoshli AQSh fuqarosi bo‘lgan ayolni otib o‘ldirgan.

Qo‘shma Shtatlar Ichki xavfsizlik vaziri ayol ICE agentlarini mashina bilan bosib ketishga uringanini, shu sababli xodimlardan biri uni “o‘zini himoya qilish maqsadida” otganini bildirdi. Prezident Donald Tramp ham ushbu versiyani qo‘llab-quvvatladi.

Minneapolis meri Jeykob Frey Tramp ma’muriyatining agent o‘zini himoya qilish uchun o‘q uzgan degan bayonotini qat’iyan rad etdi. Frey federal immigrasiya agentlarini shaharda tartibsizlik chiqarishda ayblab, ICE'ga qarata: "Minneapolisdan yo‘qolinglar", dedi. Shu bilan birga, u aholini xotirjamlikka chaqirdi. Minnesota, Vashington va boshqa shtatlardagi demokrat rahbarlar ICE operasiyasini “keraksiz provokasiya va fojia bilan yakunlangan harakat” deb atamoqda.

Nyu-York meri Zohran Mamdani bundan keyin migrasiya xizmati agentlariga tekshiruvlarda yordam bermasligini bildirdi.

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligining ma’lum qilishicha, Minnesotada 2000 nafar ofiser jalb qilingan “tarixdagi eng yirik operasiya” o‘tkazilmoqda. Unda “firibgarlar, qotillar, zo‘ravonlar va jinoiy to‘dalarni” qo‘lga olish maqsad qilinganini bildirdi.

Kiritildi: 19:00 08.01.2026. O'qildi: 1430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!