Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Immigrasiya va bojxona xizmatining Minnesota shtatidagi operasiyasi tugatildi

AQSh Immigrasiya va bojxona xizmatining Minnesota shtatidagi operasiyasi tugatildi

Bu haqda Axios xabar bermoqda.

Oq uyning ma’lum qilishicha, federal agentlar tomonidan 10 hafta davomida o‘tkazilgan reydlar yakunlanmoqda. Agentlarning shtatning Minneapolis va Sent-Pol shaharlaridagi ishtiroki qisqartirilmoqda.

Minnesota shtatida ICE'ning immigrantlarga qarshi amaliyoti sababli ko‘plab norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, yanvar oyining turli kunlarida ICE agentlari shtatning Minneapolis shahrida ikki mahalliy fuqaro — Rene Gud va Aleks Prettini o‘ldirdi.

Avvalroq, Minneapolisda ICE agentlari erkakni urib, yaqin masofadan otib tashlagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, bu katta noroziliklarga sabab bo‘ldi

Kiritildi: 12:55 13.02.2026. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!