Tramp ma’muriyati immigrasiya siyosatini kuchaytirish doirasida immigrasion vizalarga arizalarni to‘xtatib qo‘ydi.
Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili xabar berdi.
Vakilning so‘zlariga ko‘ra, AQSh seshanba kuni butun dunyo bo‘ylab barcha AQSh elchixonalari va konsulliklarida global o‘quv tadbirini boshlagan. Viza xizmatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish trening tugaguniga qadar o‘zgartiriladi.
Manbaning ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati deportasiya va immigrasiyani nazorat qilish bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniya olib bormoqda. Bunga vizalar va yashil kartalarni bekor qilish, shuningdek, siyosiy qarashlar va Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi norozilik namoyishlarida ishtirok etish kabi turli sabablarga ko‘ra arizalarni rad etish kiradi.
AQSh ma’muriyati bu choralar ichki xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan deb hisoblaydi.