Biroq Maynk aynan qanday qurol haqida gap ketayotgani va u qachon kosmosga chiqarilganini aniq aytmadi.
AQSh Kosmik kuchlari ham «kosmosni nazorat qilish» uchun mo‘ljallangan orbital tizimlar mavjudligini tasdiqladi. Ular mudofaa maqsadlarida ham, hujumkor maqsadlarda ham qo‘llanishi mumkin.
Vashington so‘nggi bir necha yil davomida bunday imkoniyatlarni rivojlantirishni Rossiya va Xitoy tomonidan kosmik harbiy texnologiyalarni kuchaytirish bilan bog‘liq tahdidlar bilan izohlab kelmoqda.
Gap kosmosning yanada harbiylashuvining yangi bosqichi haqida ketmoqda. Yo‘ldoshlar aloqa, razvedka va navigasiya uchun juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ular ustidan nazorat uchun kurash harbiylar uchun tobora muhim bo‘lib bormoqda.
Xalqaro huquq esa hozircha bunday qurollar masalasida davlatlarga ma’lum darajada erkinlik qoldirmoqda. 1967 yilgi Kosmos to‘g‘risidagi shartnoma orbitada ommaviy qirgin qurollarini, jumladan yadroviy qurollarni joylashtirishni taqiqlaydi. Ammo hujjatda oddiy, ya’ni yadroviy bo‘lmagan qurollar haqida aniq taqiq mavjud emas.