Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Hind okeanidagi harbiy kuchlarini mustahkamlamoqda

AQSh Hind okeanidagi harbiy kuchlarini mustahkamlamoqda

B-52 bombardimon uchoqlari Hind okeanidagi uzoqda joylashgan Diyego-Garsiya oroliga uchib bordi va u yerda B-2 bombardimon samolyotlarga qo‘shildi, deb xabar beradi Air & Space Forces Magazine nashri.

AQSh Havo kuchlarining Global zarba qo‘mondonligi uchoqlarning joylashuviga izoh bermadi. Savollarga javob tariqasida berilgan bayonotda shunday deyiladi: qo‘mondonlik “doimiy ravishda boshqa harbiy qo‘mondonliklar, xizmatlar va AQShning tegishli hukumat agentliklari bilan hamkorlikda global operasiyalar o‘tkazadi. Bu operasiyalar AQSh va uning ittifoqchilarini strategik hujumlardan tiyib turish, aniqlash va zarurat tug‘ilsa, qaytarish maqsadida amalga oshiriladi. Operasion xavfsizlikni saqlash uchun mashg‘ulotlar yoki operasiyalar tafsilotlari muhokama qilinmaydi”.

Diyego-Garsiyada joylashtirilgan bombardimon uchoqlari Yamandagi husiy qo‘zg‘olonchilariga qarshi aviahujumlarda ishtirok etgan. Ammo bu operasiya 6 may kuni AQSh husiylar Yaman sohilidagi tijorat kemalarga hujumlarni to‘xtatishga rozi bo‘lgach, havodan bombardimonlarini to‘xtatadi.

Kuzatuvchilar husiylar hujumlarini to‘liq to‘xtatishiga shubha bilan qaraydi. AQSh esa mintaqa bo‘yicha kelishuvlarga amal qilinishini ta’minlash maqsadida zarba berish imkoniyatiga ega kuchlarni saqlab qolishi mumkin.

Bombardimonchilarning joylashtirilishi albatta hujum operasiyalarini anglatmaydi. Ko‘p hollarda uchuvchilar va samolyotlar mashg‘ulotlar, ittifoqchilar bilan qo‘shma tayyorgarliklar va AQSh harbiy aviasiyasining imkoniyatlarini namoyon qilish uchun ishtirok etadi.

Kiritildi: 23:22 08.05.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!