Bugun 12 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh harbiylari Suriyadagi ittifoqchi kuchlarni o‘qqa tutdi

AQSh harbiylari Suriyadagi ittifoqchi kuchlarni o‘qqa tutdi

AQSh armiyasi askarlari Dayr az-Zor viloyatida ittifoqchi Suriya armiyasi kuchlariga artilleriyadan o‘t ochdi . Bu haqda Suriya dala manbasi RIA Novosti agentligiga xabar berdi .

«Amerika harbiy artilleriyasi Dayr-az-Zor shahrining shimoliy chekkasidagi Huvayja Saqr va Mariyada Suriya armiyasi bilan ittifoqchi kuchlarga to‘rt marta o‘t ochdi», — dedi agentlik manbasi.

Manbaga ko‘ra, AQSh harbiy-havo kuchlari vertolyotlari AQShning Koniko harbiy bazasi atrofidagi hududni intensiv ravishda patrul qilmoqda.

Gap shundaki, AQSh bazasi Koniko gaz konida joylashgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, u muntazam ravishda milisiya tomonidan raketa hujumlariga uchrab turadi.

Kiritildi: 07:48 11.10.2024. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!