Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, Gruziya terma jamoasining sobiq hujumchisi va parlamentning uch chaqiriq deputati Mixail Kavelashvili zarur bo‘lgan 200 ta ovoz o‘rniga 300 saylovchidan 224 ta ovoz to‘plagan.
Davlat rahbari birinchi marta aholi tomonidan emas, balki parlamentda 300 nafar saylovchi deputatlardan iborat kollegiya tomonidan saylandi. Prezidentlik uchun faqat bitta nomzod hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi a’zosi, sobiq futbolchi Mixail Kavelashvili da’vogarlik qilib, saylov yakuniga ko‘ra deputatlarning ko‘pchilik ovozi bilan saylandi.
Eslatib o‘tamiz, Gruziyada prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Qonunchilikka ko‘ra, davlat rahbarini 300 kishidan iborat komissiya ochiq ovoz berish orqali sayladi. Saylov parlamentning majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.