Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

AQSh harbiylari Suriyada o‘tkazgan operasiyada ISHID qo‘mondoni yo‘q qilindi

AQSh harbiylari Suriyada o‘tkazgan operasiyada ISHID qo‘mondoni yo‘q qilindi

AQSh harbiylari 19 iyun kuni Suriyada maxsus operasiya o‘tkazib, ISHID qo‘mondonini yo‘q qilgan. Bu haqda Al Arabiya nashriga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, chorshanba kuni AQSh Markaziy qo‘mondonligi buyrug‘i bilan Suriyaning qator hududlarida havo hujumlari amalga oshirilgan. Hujumlarda ISHIDning yuqori martabali amaldori va qo‘mondoni Usama Jamol Muhammad Ibrohim al Janabiy yo‘q qilingan.

“Uning o‘limi ISHIDning terrorchilik hujumlarini amalga oshirish va uyushtirish qobiliyatiga putur yetkazadi”, — deyilgan AQSh Markaziy qo‘mondonligi xabarida

Hujum oqibatida tinch aholi orasida jabrlanganlar bo‘lmagan. Suriya hukumati rasmiylari ham halok bo‘lganlar va shikastlanganlar haqida ma’lumot tarqatmagan.

AQSh rasmiylari maxsus operasiya o‘tgan haftada ISHID guruhi Suriya hukumati qo‘shinlari bazasida tashkil etgan teraktga javoban amalga oshirilganini ma’lum qilgan. O‘sha teraktda 16 nafar suriyalik askar va 1 nafar ofiser halok bo‘lgan edi.

“Askarlar minalangan maydonga tushib qolgan va ISHID guruhi a’zolarining hujumidan keyin halok bo‘lgan”, — deyilgan Suriya rasmiylari tarqatgan xabarda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining yanvar oyida e’lon qilingan hisobotida aytilishicha, ISHIDning Iroq va Suriyadagi umumiy kuchi 3000 dan 5000 nafargacha jangchini o‘z ichiga oladi. Ushbu harbiy otryadlar asosan Suriyaning Badia cho‘lida joylashgan.

Kiritildi: 14:58 20.06.2024. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!