Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh harbiylari Eronga yana bir qator hujumlarni amalga oshirdi

AQSh harbiylari Eronga yana bir qator hujumlarni amalga oshirdi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) qo‘shinlari Eronga qarshi yana bir zarba to‘lqinini yakunladi.

Bu haqda harbiylar matbuot xizmati ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi.

Besh soatlik operasiya davomida AQSh Eronning tijorat kemalariga zarba berish qobiliyatini yanada kamaytirish uchun Bushehr, Chabahar, Jask, Konarak, Abu Musa oroli va Bandar Abbosda zarbalar uyushtirdi.

Operasiya davomida CENTCOM Eron qirg‘oq mudofaa tizimlari, raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari hamda dengiz infratuzilmasiga qarshi aniq boshqariladigan o‘q-dorilardan foydalangan.

Hozirda Yaqin Sharqda 50 mingdan ortiq AQSh askarlari joylashtirilgan. Amerika kuchlari yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlikni saqlab turibdi va belgilangan vazifalarni bajarishga tayyor, deb xabar berdi CENTCOM.

Kiritildi: 11:21 14.07.2026. O'qildi: 932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!