AQSh harbiy sanoati Xitoy bilan savdo urushi tahdidi ostida qoldi, chunki ishlab chiqaruvchilar yangi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarida Xitoy qotishmasini almashtira olmadilar.
Bu haqda Xitoyning "Guancha" nashri yozmoqda.
Maqolada ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlarning harbiy texnika ishlab chiqarishdagi yetakchiligi Pekin nazorati ostidagi nodir tuproq metallari yetkazib berishga bog‘liq.
Amerika sanoati Xitoyni cheklovlarni olib tashlashga ko‘ndirmoqchi.
AQSh hukumati uzoq vaqtdan beri Xitoy ta’minotiga qaramligidan xavotirda edi, shuning uchun u ushbu elementlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish yoki samolyotlarida qotishmani almashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Biroq hozirda Vashington bu muammoni hal qila olmadi, deb yozadi nashr.