Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

AQSh harbiy amaldorlari Pentagondan nimani so‘rashgani ma’lum bo‘ldi

AQSh harbiy amaldorlari Pentagondan nimani so‘rashgani ma’lum bo‘ldi

AQSh harbiy amaldorlari Pentagondan Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini jo‘natishni ma’qullashini so‘rashmoqda.

Bu haqda Politico o‘z manbalariga tayanib yozmoqda.

Mudofaa vazirligi matbuot kotibi va yana ikki ishtirokchining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bahorda hududni qaytarib olish uchun yangi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda Pentagon ichida qiruvchi samolyotlar kampaniyasi jadallashib bormoqda.

Ukraina hukumati maslahatchilaridan biri bu masala Vashingtonda ko‘tarilganini, ammo “juda jiddiy narsa” hali muhokama qilinmaganini aytdi.

Vashington va Kiyev o‘rtasidagi suhbatlardan xabardor bo‘lgan yana bir manbaning aytishicha, AQSh o‘z samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qilishi va boshqa mamlakatlardan F-16 reeksportini ma’qullashi uchun “haftalar” ketishi mumkin.

Kiritildi: 16:20 29.01.2023. O'qildi: 3711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!