Hypersonic Accelerator Suborbital Test Electron (HASTE) dasturi doirasida seshanba kuni suborbital parvozda uchirilgan Amerikaning Electron raketasi AQSh raketalarga qarshi mudofaa agentligi uchun gipertovushli texnologiya sinov vositasini ishga tushirdi.
Bu haqda raketa ishlab chiqaruvchisi Rocket Lab uchirilishi haqida ma’lum qilgan.
Uchirishdan maqsad "ilg‘or raketaga qarshi mudofaa texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish orqali vatanni himoya qilishda milliy manfaatlarni ilgari surish”, deyiladi bayonotda.
Maxfiy "Van" missiyasini olib yuruvchi Electron raketasi NASAning Virjiniya shtatining Atlantika okeani sohilidagi Uollops orolida joylashgan Uollops parvoz markazidan ko‘tarildi.
Parvoz natijalari va tafsilotlari oshkor etilmagan. Rocket Lab ma’lumotlariga ko‘ra, uni 80 kilometr balandlikda raketadan ajratish muvaffaqiyatli bo‘lgan.
Bu gipertovushli texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan oltinchi parvozdir. Birinchisi 2023 yil iyun oyida, ikkinchi va uchinchisi o‘tgan yilning noyabr va dekabr oylarida, to‘rtinchi va beshinchisi esa joriy yilning sentyabr oyida o‘tkazilgan.