Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh "Gazprom nefti" va "Surgutneftegaz"ga qarshi sanksiyalar joriy etdi

A A A
AQSh "Gazprom nefti" va "Surgutneftegaz"ga qarshi sanksiyalar joriy etdi

AQSh Moliya vazirligi "Surgutneftegaz" va "Gazprom nefti"ga nisbatan blokirovka sanksiyalarini joriy etdi.

Qora ro‘yxatga "Gazprom nefti"ning sho‘ba korxonalari – Moskva va Omskdagi neftni qayta ishlash zavodlari, "Gazpromneft-Noyabrskneftegaz" va "Gazpromneft-Orenburg" kabi qazib oluvchi korxonalar, shuningdek, unga aloqador xorijiy tuzilmalar ham kiritildi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga "Rosnefteflot" ("Rosneft"ning sho‘ba korxonasi), "Ignosstrax" va "AlfastraxovaniE" ham qo‘shildi. Ular dengiz transporti, shu jumladan neft va uning mahsulotlarini tashish bilan bog‘liq sug‘urta faoliyatini amalga oshiradi.

AQShda 20 yanvar kuni Jo Bayden ma’muriyatining vakolatlari tugaydi. O‘tgan oyda Oq uy Ukrainaga 2,5 milliard va 500 million dollarlik ikkita yirik harbiy yordam paketini ajratdi.

Kiritildi: 22:13 10.01.2025. O'qildi: 1309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!