Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi – Blinken

A A A
AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi – Blinken

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi. Qo‘shma Shtatlar bu hududda HAMAS mag‘lub etilmasdan, muammolar «abadiy qoladi», deb hisoblaydi. Bu haqda 10 dekabr kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ABC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«HAMAS hali ham faol bo‘lgan va 7 oktyabrdagi voqealarni takrorlash niyatini ma’lum qilib turgan hozirgi sharoitda o‘t ochishni to‘xtatish shunchaki muammoni davom ettiradi», – deydi Blinken.

U Qo‘shma Shtatlar asirlarni almashish va yordam yetkazish uchun harbiy harakatlarda qisqa muddatli gumanitar tanaffuslarni qo‘llab-quvvatlayotganini eslatib o‘tgan. Shuningdek, agar HAMAS «qurollarini tashlab, taslim bo‘lsa» urush «ertaga» to‘xtatilishi mumkinligini ham aytib o‘tgan.

Kiritildi: 23:28 10.12.2023. O'qildi: 2493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!