Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh G‘azo sektoridagi xalqaro tinchlikparvar kuchlarga 206 million dollardan ortiq mablag‘ ajratmoqchi

AQSh G‘azo sektoridagi xalqaro tinchlikparvar kuchlarga 206 million dollardan ortiq mablag‘ ajratmoqchi
Bu haqda Reuters xabar berdi. Agentlik manbalariga ko‘ra, 200 million dollar G‘azo sektorida joylashtiriladigan Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari faoliyati, infratuzilmasi, asbob-uskunalari va transporti uchun yo‘naltiriladi. Yana 6 million dollar esa Albaniya va Kosovo kontingentlari uchun AQSh zirhli texnikalariga sarflanadi. Indoneziya, Marokash va Qozog‘iston ham G‘azoga harbiylarini yuborishga rozi bo‘lgan. Biroq kontingentni sektorga joylashtirish muddatlari hozircha noma’lum.
Kiritildi: 12:34 20.08.2026. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!