Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamaydi, dedi AQShning BMTdagi vakili o‘rinbosari Robert Vud Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
"Qo‘shma Shtatlar isroilliklar ham, falastinliklar ham xavfsiz yashashi mumkin bo‘lgan mustahkam tinchlikni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi, ammo biz zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamaymiz", dedi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "faqat keyingi urush urug‘ini sepadi".