Xitoy TIV Filippin va Vashington tomonidan o‘tkazilayotgan, Yaponiya qo‘shinlari ham ishtirok etadigan har yilgi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarga munosabat bildirdi. Vazirlik vakili Go Szyakun mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy hamkorlik mintaqadagi o‘zaro anglashuv va ishonchga zarar yetkazmasligi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga tashqi kuchlarning nizo va qarama-qarshilik keltirib chiqaruvchi aralashuvi emas, balki tinchlik va osoyishtalik zarur.
Vazirlik vakili tegishli davlatlarni xavfsizlik masalalarida birlashishga intilish faqat salbiy natijalarga va o‘z-o‘zini yo‘q qilishga olib kelishidan ogohlantirdi. Pekinda bo‘lib o‘tgan brifingda Go Szyakun mintaqaviy xavfsizlikni tashqi kuchlar ishtirokida ta’minlashga bo‘lgan urinishlar vaziyatni yanada keskinlashtirishini qayd etdi.