Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Federal qidiruv byurosi direktori iste’foga chiqish niyatini e’lon qildi

A A A
AQSh Federal qidiruv byurosi direktori iste’foga chiqish niyatini e’lon qildi

AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Kristofer Rey 2025 yil 20 yanvarda saylangan prezident Donald Trampning inaugurasiyasi oldidan iste’foga chiqmoqchi.

Bu haqda Adliya vazirligiga bo‘ysunuvchi kontrrazvedka bilan shug‘ullanuvchi boshqarma boshlig‘ining yozma bayonotida aytiladi.

"Bir necha haftalik puxta o‘ylab ko‘rganimdan so‘ng, men byuroning yanvar oyida joriy ma’muriyat muddati tugaguniga qadar xizmat qilishim va keyin iste’foga chiqishim to‘g‘ri, degan qarorga keldim”, dedi Rey. U aynan qachon lavozimini tark etish niyatida ekanligiga aniqlik kiritmadi.

Kiritildi: 08:51 12.12.2024. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!