Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishga undamoqda

AQSh Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishga undamoqda

CNN xabariga ko‘ra, Jo Bayden ma’muriyati YEIdagi ittifoqchilarini G‘arb davlatlari tomonidan muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. 2022 yil fevralida Ukraina bilan keng ko‘lamli urush boshlanganidan keyin Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlari umumiy hajmi 300 milliard dollarni tashkil qiladi. Ushbu mablag‘larning asosiy qismi Yevropa Ittifoqi davlatlarida joylashganligi sababli ularni musodara qilish bo‘yicha muzokaralar qiyinlashmoqda.

CNN'ning qayd etishicha, Bayden ma’muriyati ushbu mablag‘larni eskrou hisobvarag‘iga o‘tkazishni taklif qilmoqda. Bu orqali aktivlarning maqomi o‘zgaradi — ular AQSh va uning ittifoqchilarining tasarrufiga o‘tadi. Ushbu mablag‘lar Rossiyaga, agar u Ukraina bilan tinchlik shartnomasini imzolasa, qaytarilishi mumkin. Vashington bu chorani bosim vositasi sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Bayden ma’muriyatining ushbu tashabbusi Trampning tashqi siyosiy jamoasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ammo Yevropa Ittifoqi davlatlari bu harakatni "xalqaro huquqqa zid" deb hisoblamoqda. Shunga qaramay, Yevropa Ittifoqidagi ayrim vakillar, masalan, Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamoqda.

Kiritildi: Bugun 09:27. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!