AQSh kuchlari Islom Respublikasiga qarshi yangi zarbalar seriyasining bir qismi sifatida Eronning kamida 13 ta shahridagi nishonlarga hujum qildi.
Bu haqda Eronning NourNews axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Abadan, Ahvaz, Bandar Abbos, Bandar Mahshahr, Behbahon, Bushehr, Jask, Dezful, Qeshm, Sirik, Xondab, Xurramshahr va Endimeshk shaharlariga hujum qilingan.
Havo hujumlarida kamida ikki kishi halok bo‘lgan.
Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi Erondagi nishonlarga qarshi yangi zarbalar seriyasini boshlaganini e’lon qilgan edi.