Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Erondagi urushga 25 mlrd dollar sarfladi — Pentagon

AQSh Erondagi urushga 25 mlrd dollar sarfladi — Pentagon

AQSh Urush vazirligining yuqori martabali rasmiysi 29 aprel kuni Qo‘shma Shtatlarning Erondagi harbiy harakatlari uchun sarflangan mablag‘ miqdorini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, urush boshlangandan buyon harbiy xarajatlar 25 milliard dollarga yetgan.

Pentagon nazoratchisi vazifasini bajaruvchi Jyuls Herst AQSh Kongressi Vakillar palatasining Qurolli kuchlar qo‘mitasida ma’ruza qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘larning asosiy qismi o‘q-dorilar uchun sarflangan.

Biroq Herst bu hisob-kitobga aynan nimalar kiritilganiga aniqlik kiritmadi. Xususan, Yaqin Sharqdagi mojaroda zarar ko‘rgan harbiy bazalarni qayta tiklash va ta’mirlash xarajatlari ushbu summaga kirgan-kirmagani noma’lum.

AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi harbiy amaliyot boshladi. Hozirda tomonlar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish sulhi amalda. Shunga qaramay, Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqqa uchta aviatashuvchi boshchiligidagi zarba guruhi va o‘n minglab qo‘shimcha harbiylarni yuborgan.

Kiritildi: Bugun 11:40. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!