12 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan AQSH-Eron muzokaralariga AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uittkoff va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi boshchilik qiladi. Bu haqda The New manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, muzokaralar shanba kuni bo‘lib o‘tadi, bu haqda Eronning ikki yuqori martabali diplomati bilan 2015 yilda yadroviy muzokaralarda ishtirok etgan sobiq eronlik diplomat Seyid Husayn Musaviyan ma’lum qilgan.
Gazeta manbalari, shuningdek, Eronning ruhiy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy AQSh bilan muzokaralar bo‘yicha o‘z pozisiyasini o‘zgartirganini qayd etgan. Ularning aytishicha, AQSh prezidentining 7 apreldagi nutqidan so‘ng Xomanaiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga kirishishga tayyor bo‘lishi mumkin.
12 apreldagi bilvosita muzokaralar o‘zaro hurmat va samaradorlik muhitida o‘tsa, tomonlar kelajakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga o‘tishni istisno qilmaydi.