Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Eron bilan besh oylik urush davomida uzoq masofaga mo‘ljallangan yuqori aniqlikdagi raketalar zaxirasini deyarli tugatdi — Reuters

AQSh Eron bilan besh oylik urush davomida uzoq masofaga mo‘ljallangan yuqori aniqlikdagi raketalar zaxirasini deyarli tugatdi — Reuters



​AQSh Eron bilan olib borilgan besh oylik urush davomida uzoq masofaga mo‘ljallangan yuqori aniqlikdagi ATACMS va PrSM (ATACMS’dan yangiroq avlod) raketalarining "deyarli barcha" zaxiralarini sarflab bo‘ldi, xabar beradi agentlik o‘z manbalariga tayanib.

​Boshqa bir manbaning ta’kidlashicha, raketalar faqat Yaqin Sharqdagi amerikalik harbiylarni nazorat qiluvchi Markaziy qo‘mondonlikda deyarli tugagan, biroq u boshqa mintaqalardagi guruhlar hisobidan zaxiralarini to‘ldirgan.

​Bu holat AQSh qurolli kuchlarining kelajakdagi mojarolarga jangovar shayligi va Rossiya hamda Xitoyni tiyib turish qobiliyati bo‘yicha xavotirlarni keltirib chiqarmoqda, deb ta’kidlamoqda Reuters.

Kiritildi: 16:23 04.08.2026. O'qildi: 830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!