AQSh Energetika vazirligi 2023-yilda Brent nefti narxi bo‘yicha o‘z prognozini qariyb 4 foizga oshirdi – avvalgi prognozdagi 79,34 dollardan bir barrel uchun 82,62 dollargacha, deya xabar beradi vazirlikning Energetika axboroti boshqarmasi hisobotida.
Agentlik, shuningdek, Saudiya Arabistonining neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda kuniga 1 million barrelga qisqartirishi va talab ortib borayotgani yil oxirigacha neft narxini oshirishda davom etishini kutmoqda. Hisobotda qayd etilganidek, noyabr va dekabr oylarida Brent narxi bir barrel uchun 88 dollargacha ko‘tariladi, 2024 yilda esa kotirovkalar bir barrel uchun o‘rtacha 86 dollarni tashkil qiladi.
WTI markali neft narxi 2023 yilda bir barrel uchun 77,79 dollar, 2024 yilda esa 81,48 dollar bo‘lishi kutilmoqda.