AQShning Bag‘doddagi elchixonasi Iroqdagi Amerika universitetlariga hujumlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.
Elchixona bayonotida Bag‘doddagi ta’lim muassasalariga, shuningdek, Iroq Kurdistonining Sulaymoniya va Dohuk shaharlariga jiddiy tahdid solingan.
AQShning ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim jangari guruhlar "Amerika universitetlariga hujum qilish niyatida".
Shu munosabat bilan AQSh elchixonasi o‘z fuqarolarini "darhol Iroqni tark etishga" chaqirdi.