Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh dunyoda tengi yo‘q yangi raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqmoqda – Financial Times

A A A
 AQSh dunyoda tengi yo‘q yangi raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqmoqda – Financial Times

Prezident Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarni uch turdagi raketalardan – ballistik, gipertovushli va qanotli raketalardan himoya qilish rejasini amalga oshirish to‘g‘risida farmon imzoladi.
AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegsetga bu reja ustida ish olib borish uchun 60 kun muhlat berilgan.

Nashrning yozishicha, prezident Donald Tramp koinotda lazerlar yordamida raketalarni urib tushiradigan ko‘p bosqichli mudofaa tizimini ishga tushirishni taklif qilmoqda.

Ushbu tizim qit’alararo ballistik raketalarni tutib qolish uchun lazer qurollari bilan jihozlangan sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘iga asoslanadi. Bundan tashqari, agar lazerlar qoniqarsiz ishlasa, qo‘shimcha zarba beruvchi qatlam ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 22:58 30.01.2025. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!