Bugun 28 fevral, 2025 yil, juma

КИР

AQSh dunyoda tengi yo‘q yangi raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqmoqchi

AQSh dunyoda tengi yo‘q yangi raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqmoqchi

Bu haqda Financial Times nashri ma’lum qildi.

Prezident Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarni uch turdagi raketalardan – ballistik, gipertovushli va qanotli raketalardan himoya qilish rejasini amalga oshirish to‘g‘risida farmon imzoladi.
AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegsetga bu reja ustida ish olib borish uchun 60 kun muhlat berilgan.

Nashrning yozishicha, prezident Donald Tramp koinotda lazerlar yordamida raketalarni urib tushiradigan ko‘p bosqichli mudofaa tizimini ishga tushirishni taklif qilmoqda.

Ushbu tizim qit’alararo ballistik raketalarni tutib qolish uchun lazer qurollari bilan jihozlangan sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘iga asoslanadi. Bundan tashqari, agar lazerlar qoniqarsiz ishlasa, qo‘shimcha zarba beruvchi qatlam ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 09:45 31.01.2025. O'qildi: 1895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!