Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) hukumati «dunyoda demokratiya, inson huquqlari va yaxshi boshqaruvni qo‘llab-quvvatlash» uchun 2024 yilgacha 9,5 milliard dollar ajratish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytiladi.
«2022, 2023 va 2024 moliyaviy yillarda Qo‘shma Shtatlar butun dunyo bo‘ylab demokratiya, inson huquqlari va yaxshi boshqaruvni qo‘llab-quvvatlash uchun Kongress bilan hamkorlikda va mavjud bo‘lgan taqdirda qariyb 9,5 milliard dollar sarmoya kiritdi va sarmoya kiritish majburiyatini oladi», — deyiladi bayonotda. .
Bundan tashqari, mamlakat rasmiylari «demokratik yangilanish»: mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va erkin saylovlar uchun 690 million dollar ajratishni rejalashtirmoqda.
Va nihoyat, Qo‘shma Shtatlar «demokratik jamiyatlar manfaati uchun ishlaydigan» texnologiyalarni rivojlantirishga sarmoya kiritmoqchi. Ular orasida axborotning yaxlitligini ta’minlash ham bor. Bu vazifa 16 million dollar ajratishni talab qiladi.
Bu bayonotlar payshanba kuni AQShda nihoyasiga yetgan Demokratiya sammiti doirasida qilingan. Unda 120 ta davlat ishtirok etdi.