O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2021 yil 30 dekabr kuni yakunida valyuta birjasi savdolari natijalaridan kelib chiqib, xorijiy valyutalarning, shu jumladan AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi. Bu - 2021 yildagi so‘nggi valyuta kursi belgilanishi bo‘lib, yil yakunidagi AQSh dollari kursi 10 837,66 so‘m bo‘ldi.
AQSh dollarining rasmiy kursi 2021 yil boshida (1 yanvar holatiga) 10 476,92 so‘m bo‘lganini inobatga olsak, so‘mning AQSh dollariga nisbatan yillik qadrsizlanishi 360 so‘m 74 tiyinni, yoki 3,44 foizni tashkil qilgan.
2021 yilda so‘mning AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanish darajasi, so‘nggi yillarning eng past ko‘rsatkichi ekanligini ham qayd etish lozim. Jumladan, AQSh dollari kursining so‘mga nisbatan o‘sish darajasi 2020 yilda 10,2 foizni (959,36 so‘m), 2019 yilda esa 14,05 foizni (1'171,31 so‘m) bo‘lgan edi.