AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Richard Verma 17-19 iyun kunlari Armanistonga tashrif buyuradi.
Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik diplomat Armaniston-AQSh forumida ishtirok etadi, shuningdek, bosh vazir Nikol Pashinyan va tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyms O'Brayen Armanistonga tashrif buyurgan edi.