"Ma’lumotlar mavjud. Ularni Davlat departamenti emas, balki ushbu tashabbusni boshqargan shaxslar nazorat qilgan. Biz ma’lumotlar va veb-saytni kim boshqarayotganini bilamiz va ular mavjudligi hamda o‘chirilmaganiga ishonchimiz komil", — deya aniqlik kiritdi Davlat departamenti vakili Temmi Bryus.
Avvalroq The Washington Post nashri AQSh hukumat tomonidan moliyalashtirilgan mazkur tashabbus yopilgani haqida xabar bergan edi. Ushbu dastur Rossiyaga majburan olib ketilgan ukrainalik bolalar haqida ma’lumotlar to‘plagan.
Shu munosabat bilan bir guruh demokrat senatorlar AQSh davlat kotibi Marko Rubio va moliya vaziri Skott Bessentga murojaat qilib, yig‘ilgan ma’lumotlar batamom o‘chirib yuborilishi mumkinligidan xavotir bildirgan edi.