AQSh hukumati Rossiyaning Garantex kriptovalyuta birjasi rahbarlarini hibsga olishga olib keladigan ma’lumot uchun umumiy qiymati 6 million dollar miqdorida mukofot taklif qildi.
Bu haqda AQSh Davlat departamenti bayonotida aytiladi.
Unda qayd etilishicha, Rossiya fuqarosi Aleksandr Mira Serda haqidagi ma’lumot uchun 5 million dollar, boshqa top-menejerlar haqidagi ma’lumot uchun esa 1 million dollar mukofot taklif etiladi.
Hujjatda ta’kidlanganidek, savdo maydonchasi kiberjinoyat va giyohvand moddalar savdosidan olingan "yuzlab million dollar" noqonuniy daromadlarni yuvish uchun ishlatilgan. Davlat departamenti 2019 yilning aprelidan 2025 yilning martigacha Garantex umumiy qiymati qariyb 96 milliard dollarga teng kriptovalyuta operasiyalarini amalga oshirganini aytdi.
Avvalroq AQSh moliya vazirligi Garantex bilan aloqalari uchun uch nafar rossiyalikga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi: Mira Serdadan tashqari, Pavel Karavaskiy va platforma asoschisi Sergey Mendeleevga ham cheklovlar kiritilgan edi.
2025 yil mart oyida Hindiston rasmiylari AQSh iltimosiga ko‘ra yana bir valyuta ma’muri, Litva fuqarosi Aleksey Beschokovni hibsga oldi. U pul yuvishda gumon qilinmoqda. Shuningdek, mart oyida AQSh Adliya vazirligi Amerika rasmiylari Germaniya va Finlyandiya bilan birgalikda Rossiyada joylashgan kriptovalyuta birjasining serverlarini musodara qilgani va u tomonidan foydalanilgan 26 million dollarlik aktivlarni muzlatib qo‘yganini e’lon qildi. Garantex USDT kriptotokenini chiqaradigan Tether platformasi birja hamyonlarini bloklagani sababli barcha xizmatlar vaqtinchalik to‘xtatilganini e’lon qildi.
Garantex 2022 yildan beri AQSh sanksiyalari ostida.