Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga yordam va Ishlar Agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlovchi qonunning amalga oshirilishi AQSh siyosati nuqtai nazaridan Isroil uchun oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller jurnalistlar bilan o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qonunning amalga oshirilishi Amerika qonunlari va siyosatiga muvofiq oqibatlarga olib kelishi mumkin.
"Yaqin kunlarda biz Isroil hukumati bilan ular buni qanday amalga oshirishini muhokama qilamiz. Qonun bilan bog‘liq huquqiy muammolar bor yoki yo‘qligini, bu huquqiy muammolar qandaydir ta’sir qiladimi yoki yo‘qligini ko‘ramiz va bu omillarning barchasini ko‘rib chiqamiz" - dedi Miller.