Qo‘shma Shtatlar hukumati Xitoyning Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish rejasini boshqa davlatlar qo‘llab-quvvatlashidan qo‘rqadi.
Bu haqda Bloomberg AQSh ma’muriyati vakiliga tayanib xabar berdi.
“AQSh tomonidan qo‘yilgan shart-sharoitlardan qat’iy nazar, to‘liq rad etish Xitoyga boshqa davlatlarga Vashington tinchlikdan manfaatdor emasligini isbotlash imkonini berishi mumkin”, deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, Vashington “Xitoy taklifi yuzasidan burchakka taqalib qolishdan” qo‘rqadi.