Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Boeing kompaniyasi bilan Isroilga F-15 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

AQSh Boeing kompaniyasi bilan Isroilga F-15 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

AQSh Mudofaa vazirligi Boeing kompaniyasiga F-15 qiruvchi samolyotlarini Isroil havo kuchlariga yetkazib berish bo‘yicha 8,57 milliard dollarlik shartnoma imzoladi.

Bu haqda Pentagon saytida e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilindi.

Hujjatga ko‘ra, shartnoma Isroil harbiy-havo kuchlariga 25 ta yangi F-15IA qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqish, integrasiya qilish, jihozlarni o‘rnatish, sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish va yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Shartnoma, shuningdek, qo‘shimcha 25 ta samolyot olish variantini ham o‘z ichiga oladi.

Pentagon Boeing 2035 yil oxirigacha shartnoma majburiyatlarini bajarishini kutmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!