AQSh hukumati “Ozodlik radiosi” va “Amerika ovozi” uchun Associated Press, Reuters va AFP obunasini bekor qilganini e’lon qildi.
“Amerika ovozi” va “Ozodlik radiosi” faoliyatini nazorat qiluvchi AQShning Global media agentligi (USAGM) Associated Press, Reuters va AFP bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilmoqda. Bu haqda Donald Tramp tomonidan USAGM bo‘yicha maxsus maslahatchi etib tayinlangan Kari Leyk ma’lum qildi.
"Bu soliq to‘lovchilarning taxminan 53 million dollar pullarini tejash imkonini beradi", – deya ta’kidladi Kari Leyk.