AQSh aviakompaniyalarga Lotin Amerikasi ustida harbiy faoliyat va GPS tizimida nosozliklar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi — Reuters.
AQSh Federal aviasiya boshqarmasi (FAA) ma’lumotiga ko‘ra, ogohlantirish Meksika, Markaziy Amerika, Ekvador, Kolumbiya va Sharqiy Tinch okeani havo hududiga taalluqli bo‘lib, juma kuni kuchga kirgan va 60 kun davom etadi.
"Ogohlantirish AQSh va Lotin Amerikasi mintaqasidagi ayrim davlatlar o‘rtasidagi taranglik kuchaygan vaqtda berildi. Tramp ma’muriyati Janubiy Karib dengizida harbiy kontingentni joylashtirib, Venesuelaga hujum qilgan va mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olgan edi. Prezident Tramp hududda, jumladan Kolumbiyaga qarshi harbiy harakatlar ehtimolini ham tilga olgan", deya yozmoqda agentlik.
Meksika Transport vazirligi bu ogohlantirishni faqat" ehtiyot chorasi" deb baholab, u Meksika havo hududi va aviakompaniyalarga ta’sir qilmasligini bildirdi.
Shuningdek Reuters'ning yozishicha, Venesuyeladagi harbiy operasiyadan so‘ng FAA Karib dengizi bo‘ylab parvozlarni cheklab, aviakompaniyalarga yuzlab parvozlarni bekor qildirgan.