Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh avgust oyigacha defoltga duch kelishi mumkin

AQSh avgust oyigacha defoltga duch kelishi mumkin

Agar AQSh Kongressi qarz shiftini ko‘tarmasa, mamlakat avgust oyiga qadar davlat qarzi bo‘yicha defoltga duch kelishi mumkin.

“Report” xabariga ko‘ra , bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessentning qonun chiqaruvchi organ rahbarlariga yo‘llagan maktubida aytiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning avgust oyida naqd pul yetishmasligini kutish o‘rinli. Vazirning fikricha, Kongress tanaffusga chiqishidan oldin AQShning to‘liq ishonchi va kreditini saqlab qolish uchun qonunchilar iyul oyi o‘rtalarigacha qarz limitini oshirishi kerak.

Gap shundaki, avgust oyigacha mamlakat 36,2 trillion dollardan oshgan qarzini to‘lash uchun mablag‘ yetishmaydi.

Kiritildi: 10:05 10.05.2025. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!